Joriy yilning 5-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar oromgohi kutubxonasida “Mening sevimli kitobim” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatni, kutubxonachi A.To‘reniyazova olib bordi. Suhbatda, oromgohning 3-guruh bolalari ishtirok etdi. Suhbat davomida, A.To‘reniyazova kitob o‘qishning foydali tomonlari haqida ma’lumot berib o‘tdi so‘ngra, oromgoh bolalari bilan birgalikda suhbat o‘tkazdi.
Oromgoh bolalari o‘zlarining sevib o‘qigan kitoblari, asarlari va undagi esda qolarlik qiziqarli voqealari haqida aytib o‘tdi. Shuningdek, hozirda o‘qiyotgan va o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblari haqida ham aytib o‘tishdi.
Suhbat maroqli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы