Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Dolzarb 90 kun» shiori ostida shoir Baxitli Saribaev bilan uchrashuv kechasi tashkillishtirildi.

2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi e’lon qilindi. Bu dasturning asosiy maqsadi – yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlikka, ijodga, sport va ma’naviy rivojlanishga yo‘naltirishdan iborat.

Ushbu dasturni ta’minlash maqsadida joriy yilning 29-iyul kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani “Aydin jol” bolalar oromgohida «Dolzarb 90 kun» shiori ostida O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o‘qituvchisi va shoir Baxitli Saribaev bilan uchrashuv kechasi tashkillishtirildi.

Uchrashuvda, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahar bo‘limi rahbari Qidirbay Nuratdinov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi rahbari Mukarrama Djumamuratova, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari A.To‘reniyazova, G.Baynazarova, D.Utemuratova, N.Mamutova, A.Vaysova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi T.Seyidova, “Aydin jol” bolalar oromgohi direktori D.Babajanova va oromgohda dam olayotgan bolalar ishtirok etdi.

Tadbirni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova olib bordi. Yig’ilgan mehmonlar tabdir haqida va Prezidentimizning tashabbuslari bilan e’lon qilingan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida o‘zlarining samimiy fikrlarini aytib o‘tdi.

Shuningdek, shoir Baxitli Saribaev o‘z so‘zida, ijodga qiziqishining sababi, hayoti va ijodi haqida, ish faoliyatidagi yangiliklar, bosmadan chiqqan kitoblari, yurtimizda ro‘y berayotgan yangilanishlar haqida aytib o‘tdi va so‘zi davomida o‘zining ijodidan, sherlaridan o‘qib berdi. So‘ngra, shoir o‘z ijodidan “Shańaraq”, “Shimbay soqpaqları”, “Tuwısqan” kitoblarini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga sovg’a etdi.

Tadbir davomida oromgoh bolalari shoir haqida o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Tadbir oromgoh bolalari tomonidan tayorlangan kontsert dasturi bilan yakunlandi.