Joriy yilning 11-avgust kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar dam olish oromgohida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining ko‘chma kutubxonasi tomonidan «Ertaklar yaxshilikka etaklar» mavzusida oromgoh bolalari bilan birgalikda sahnalashtirilgan tadbir tashkillashtirildi.
Bunda, kutubxonachi D.Utemuratova oromgoh bolalariga sevimli ertaklar haqida so‘zlab berdi so‘ngra, oromgoh bolalari tomonidan rasmli qalpoqchalar yordamida «Bo‘g’irsoq» ertagi sahnalashtirildi.
Sahnalashtirilgan ertaklar bolalar qalbida quvonch va ertak qahramonlariga bo‘lgan mehr-muhabbatni uyg’otadi. Rasmli qalpoqchalar va harakatlar yordamida bolajonlar ertaklar olamiga sayohat qilishadi.
Sahnalashtirilgan ertak qiziqli va mazmunli yakunlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы