Bugungi kunda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholining bilim darajasini oshirish maqsadida turli yangicha tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Shunday loyihalardan biri – ko’chma kutubhonadir. Mahallada ko’chma kutubxona tashkillashtirishdan maqsad Ko’chma kutubxona orqali kitobxonlik madaniyatini har bir uyga etkazish, mahallada ma’rifat nurini yoyish va yangi avlodni bilimli, taffakuri keng qilib tarbiyalash mumkin. Bu aholining kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish, yoshlar va bolalarni o’qishga jalb etishning samarali usullaridan biridir.
Ushbu munosabat bilan joriy yilning 11-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Taxiatosh tumani “Qushchilik” Maxallasiga ko’chma kutubxona tashkillashtirildi. Bunda “Qushchilik” mahallasi Hotin-qizlar faoli A.Abdukarimova va “Qushchilik” mahalla aholisi qatnashdi.
Ko‘chma kutubxonada Axborot-kutubxona markazining eng sara yangi adabiyotlaridan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi va N.Mamutova tomonidan ushbu ko‘rgazmadagi kitoblar mahalladagi aholiga tanishtirib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы