Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Zakovat intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 19-avgust kuni Taxiatosh tumani Harbiy qism binosida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida zakovat intellektual o‘yini tashkillashtirildi. Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi rahbari M.Djumamuratova ochib berdi va davlatimiz Mustaqilligining 34 yillik tantanali bayrami bilan tabriklab o‘tti va ishtirokchilarga omad tilab qoldi.

Zakovatga Taxiatosh tumani Harbiy qism jamoasi, Taxiatosh tumani Issiqliq elektro stantsiyasi jamosi, tuman Milliy gvardiya jamoasi, tuman Favqulotda vaziyatlar bo’limi jamoasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi jamoalari ishtirok etdi.

Zakovat savollari Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova tomonidan o‘qib eshtirildi. Tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi T.Seydova va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutovalar hay’at a’zolari sifatida ishtirok etdi.

         Zakovat savollari asosan Mustaqilligimizni ifodalovchi savollar va shuningdek, qo‘shimcha mantiqiy savollardan iborat bo‘ldi. Hay’at a’zolarining baholash mezoniga ko‘ra 1-o‘rinni tuman Ichki ishlar bo‘limi jamoasi, 2-o‘rinni tumani Issiqliq elektro stantsiyasi jamosi, 3-o‘rinni tuman Milliy gvardiya jamoasi egalladi. Barcha g’olib va ishtirokchilar tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Fahriy yorliq”lar va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.