Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Kitob marafoni” tashkillashtirildi.

Joriy yilning 21-avgust kuni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limiga qarashli 16-sonli maktab binosida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi bilan birgakikda Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Kitob marafoni” tashkillashtirildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Djumamuratova, Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o‘qituvchisi va shoir Baxitli Saribaev, Maktabkacha va maktab ta’limi bo’limi darsliklar bo’yicha metodisti B.Kemalova,  Radio va televedeniye jurnalisti, bugungi kunda O’zbekiston doirasida qozoq tilida chop etiladigan “Nurli jol” gazetasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha jurnalisti Tileuxan Shamekova, Taxiatosh tumani Harbiy qisim hizmatchilari, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, maktab kutubxonachilari va tuman Madaniyat markazi hodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Djumamuratova ochib berdi va tadbirda yig’ilganlarni Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami bilan tabriklab, “Kitob marafoni”ning asosiy maqsadi haqida aytib o‘tdi.

Undan so‘ng, yig’ilgan mehmonlar tomonidan yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, kitob va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada ko‘chaytirish borasida fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi. Shular qatorida Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kutubxonadagi yangi adabiyotlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.