O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3 ilovasi bilan tasdiqlangan Yo’l-xaritasining 36-bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi asosida ”Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona- kitobxon bola” g‘oyasini hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasini “Kitobxon onalar kuni” deb belgilandi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 16-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi G.Baynazarova tomonidan “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirni Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova ochib berdi. Suhbatning bugungi mehmoni Axborot-kutubxona markazining faol kitobxoni Taxiatosh tumani Politexnika texnikumi Axborot-resurs markazi rahbari Muxabbat Babadjanova bo‘ldi.
M.Babadjanova o‘zining sevib o‘qigan asarlari, asar voqealari haqida aytib o‘tdi. Shuningdek, kitobxonlarga ko‘proq kitoblar, asarlar o‘qishlarini tavsiya etdi. M.Babajanova kitobxonlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib, ular bilan suhbatlashdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы