Joriy yilning 26-sentyabr kuni “Xon atlas” oyligi doirasida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga Taxiatosh tumani Barkamol avlod bolalar maktabining raqs to‘garagi o‘quvchilari va o‘qituvchisi To‘rebaeva Svetlana tomonidan sayoxat tashkillashtirildi. Sayohat chog’ida Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan kutubxona fondi, kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, shart-sharoitlar, kutubxonaning tartib qoidalari tanishtirilib o‘tildi.
Tashrif buyurganlar kutubxonaga a’zo bo‘lishdi va adabiyotlardan olib foydalandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы