11-oktyabr «Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan «Dunyoni tinchlik va ezgulikga ilhomlantiramiz» shiori ostida joriy yilning 9-oktyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonemen va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A.To’reniyazova tomonidan “Kitobxon ona va kitobxon bola” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Suhbatga mehmon sifatida Taxiatosh tumani Axborot –kutubxona markazining faol kitobxon onalarimizdan biri bo’lgan 9-sonli maktabning kutubxonachisi Fazilat Abillaeva va kitobxonlar ishtirok etdi.
F.Abillaeva ushbu mavzu orqali Kitobxon ona – o‘z farzandiga nafaqat mehr, balki bilim, odob va ezgulik namunasi bo‘la olishini, u bola qalbiga kitob muhabbatini singdirishini, uni tafakkurga, yuksak maqsad sari intilishga undashini, bunday onalar oilada sog‘lom muhitni shakllantirishini, farzandlarining tarbiyasida eng yaxshi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchiga aylanishini atab o’tdi.
Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы