Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

21-oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat tilining 36 yilligi munosabati bilan «Ona tilim – fahrim» mavzusida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Taxiatosh tumani 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 21-oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat tilining 36 yilligi munosabati bilan «Ona tilim – fahrim» mavzusida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Bunda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Ko‘rgazmadan o‘zbek tilining lug’at kitoblari va yangi badiiy kitoblari joy oldi. Tadbirga tashrif buyurganlar kitoblar ko‘rgazmalari bilan tanishib chiqdi.

So‘ngra, Taxiatosh tumani hokimligi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarning davlat tili fan o‘qituvchilarini taqdirlash ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida tuman Madaniyat markazi va 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining kontsert dasturi bilan davom etdi.