Joriy yilning 20-oktyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tuman IIB bo’limi bilan birgalikda 21-oktabr o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “O’zbek tili – Vatan iftixori” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatini Taxiatosh tumani Ichki ishlar tuman bo’limi boshlig’i o’rinbosari U.Romanov o’z so’zi bilan ochib berdi va so’z navbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abononmentlar va foydalanuvchilar xizmat ko’rsastish xizmati rahbari B.Yusupovaga berdi.
B.Yusupova o’z so’zida 1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston tarixida unutilmas voqea yuz berdi — “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini, bu nafaqat tilimiz, balki xalqimizning ham mustaqillik sari tashlagan jasoratli qadami edi deya ta’kidlab o’tdi. Undan keyin, so’z navbati Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutovaga berildi, u o’z so’zida bugungi kunda Prezidentimiz rahbarligida ona tilimizning nufuzi va mavqei tobora yuksalmoqdaligini, davlat idoralarida, ta’lim muassasalarida, OAVda va hayotning barcha jabhalarida o‘zbek tilidan foydalanish madaniyati oshib bormoqdaligini, yurtimizda til siyosati doirasida qonunlar, dasturlar, loyihalar amalga oshirilmoqdaligini aytib o’tdi va IIB xodimlarini kitob o’qishga chorlab qoldi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы