Joriy yilning 6-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A. Abiyeva tomonidan Taxiatosh tumani “Jayhun” mahalla fuqoralar yig’iniga kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.
Bunda “Jayhun” mahalla fuqoralar yig’iniga Axborot-kutubxona markazimizga kelgan yangi adabiyotlarimizni taqdimot qildi. Ko‘rgazmada “Jayhun” mahalla fuqoralar yig’ini raisi R.Dauletnazarov, Hokim maslahatchisi A.Qudaybergenov va “Jayhun” mahalla fuqoralar yig’ini fuqoralari qatnashdi. Kitob inson tafakkurining eng buyuk mahsuli, bilimlar xazinasi, ma’naviyat va tarbiyaning bebaho manbaidir. Bugungi ko‘rgazma orqali biz eng yaxshi asarlar bilan tanishtirish, ularda kitobxonlikka mehr uyg‘otishni maqsad qilganmiz. Ushbu ko‘rgazmada tarbiya, oila, axloq, bolalar psixologiyasi, ertaklar, hikoyalar va zamonaviy bolalar adabiyotiga oid eng sara kitoblar bilan tanishdilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы