Joriy yilning 17-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan “Oqila ona – kitobxon – ona” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Bugungi davra suhbatimiz – mehmoni faol kitobxonlarimiz, farzandlar tarbiyasida beqiyos o’rin tutuvchi onamalarimiz “Do’stlik” MFY da yashovchi T.Sulaymanova, G.Tangirbergenovalar va kitobxonlar qatnashdi. Olamda onalardan ulug’ va muqaddas zot yuq. Ona – hayot go’zalligi, mehr va ilhom manbayidir. Lekin shundan ham ulug’roq bir timsol bor – kitobxon ona. Chunki kitobxon ona nafaqat mehribon, balki zakovatli, zamon bilan hamnafas, farzandining qalbida ma’rifat chirog’ini yoqqan insondir. Farzandim mendan kitob o’qish odatini olgani – men uchun eng katta baxt, men kitob o’qiganimda, farzandim ham men bilan birga o’qiydi. Farzandimning qo’lida telefon emas, kitob bo’lishi men uchun g’ururdir, barchangizni kitob sevishga, kitob bilan yashashga chorlayman deydi o’z so’zida kitobxon onalarimiz.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы