Joriy yilning 18-noyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Ixtisoslashtirilgan maktab bilan birgalikda 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 34 yil to’lishi munosabati bilan Zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi. O’yinni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi.
Zakovat o’yinida tuman Ixtisoslashtirilgan maktabning “8a-sinf” jamoasi, “8b-sinf” jamoasi va “8v-sinf” jamaolari o’z aro bellashdilar. Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida tuman Ixtisoslashtirilgan maktabning kutubxona mudiri D.Xalbaeva ishtirok etdi. Hakamlar ha’yati natijalariga ko’ra I-o’rinni “8b-jamoasi”, II-o’rinni “8a-sinf” jamoasi III-o’rinni “8v-sinf” jamaolari egalladilar.G’oliblar diplom bilan tag’dirlanishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы