Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Konstitutsiya va inson huquqlari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 20-noyabr  kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani IIB bilan birgalikda  “Konstitutsiya va inson huquqlari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi.  U o’z so’zida,   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida» 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining amalga oshirishini targ’ib qilish haqida ta’kidlab o’tdi.

Keyingi so’z navbati, Taxiatosh tumani IIB JXX probaciya guruhi katta inspektori mayor I.Jabbarbergenovga berildi. U o’z so’zida  har bir demokratik jamiyatning kuchi, avvalo, uning fuqarolari qanchalik erkin, huquqlari qanchalik himoyalanganiga bog‘liqligi, shuning uchun ham Konstitutsiyamizda har bir insonning yashash huquqi, so‘z va fikr erkinligi, ta’lim olish, mehnat qilish, tenglik va adolatga bo‘lgan huquqlari qat’iy mustahkamlab qo‘yilganligini, bu huquqlar nafaqat qog‘ozdagi so‘zlar — ular amaliy hayotimizning ajralmas qismiga aylanishi kerakligini ta’kidlab o’tdi.

Suhbatimiz davomida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.