Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 19-noyabr kuni, Taxiatosh tumani «Markaziy» MFYda joylashgan Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ’ibot tadbiri o‘tkazildi.Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi A.To’reniyazova olib bordi.

Tadbirda diniy ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi 25.02.2025 yil O‘RQ-1037-sonli Qonun mazmun-mohiyati, radikallashuvning ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga ta’siri, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog’liq taxdidlarning oldini olish, yurtimiz tinchligining qadriga etish, shukronalik xissi,  dress-kod talablariga amal qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan nosog’lom aqidalardan ogoh bo‘lish kabi muhim mavzularda so‘z yuritildi.

Tadbirga Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining  Taxiatosh tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Abibullaev qatnashdi va ishtirokchilarning mavzuga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tdi.