Joriy yilning 16-dekabr kuni Taxatosh tumani IIB provakatsiya guruhi og’a inspektori mayor U.Tileumuratov bilan birgalikda “Adolat sari birgalikda” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi A.Abiyeva ochib berdi. Suhbatga Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari qatnashdi.
Suhbatda IIB provakatsiya guruhi og’a inspektori mayor U.Tileumuratov tomonidan – Adolat — jamiyat taraqqiyoti va inson huquqlarining mustahkam kafolati, har bir insonning qonun oldida tengligi, huquq va erkinliklarining ta’minlanishi adolatli jamiyat barpo etishning asosiy sharti ekanligi, “Adolat sari birgalikda” g‘oyasi fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson qadr-qimmatini ulug‘lashga qaratilganligi, bugungi kunda adolatni ta’minlash faqat davlat idoralari vazifasi emas, balki har bir fuqaroning burchi, huquq va majburiyatlarni bilish, qonunlarga hurmat bilan qarash, boshqalarning huquqlarini e’tirof etish orqali jamiyatda sog‘lom muhit shakllanishi, adolatli jamiyatda zo‘ravonlik, kamsitish va befarqlikka o‘rin bo‘lmasligi hakidagi fikrlar aytib o‘tildi.
Suxbat davomida Axborot-kutubxona markazi hodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы