Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

17-dekabr Sevimli  bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboevning tavallud kuniga bag’ishlab davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 17-dekabr kuni  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limim bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabda 17-dekabr sevimli bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboevning tavallud topgan kuniga bag’ishlab davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatni Abonement va foydalanuvchilarga  xizmat ko’rsatish  xizmati mutaxassisi Aysara Tureniyazova olib bordi.

Davra suhbatiga 1-sonli maktab kutubxonachisi Raxatay Qutlimuratova va kitobxonlar qatnashdi.

Suhbatda yozuvchining “Sariq devni minib”, “Sehrli qalpoqcha”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi” kabi asarlari nafaqat qiziqarli syujeti, balki tarbiyaviy ahamiyati bilan ham alohida qadrlanishi, bu asarlar orqali bolalarda halollik, do‘stlik, mehnatsevarlik, jasorat va vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllanishi, Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarida fantaziya va hayotiy haqiqat uyg‘unlashib ketgani, shu bois uning kitoblarini o‘qigan bola nafaqat maroqli vaqt o‘tkazishi, balki hayot haqida chuqurroq o‘ylashni, to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rgatishi, yozuvchining ijodi — bu bolalik quvonch, ezgulik va orzular olami ekanligi, uning asarlarini sevib o‘qish, ulardan saboq olish har bir yosh kitobxon uchun katta maktab ekanligini o‘z suhbati davomida Aysara Tureniyazova aytib o‘tdi.

Shuningdek, suhbatning asosiy qahramoni Xudoyberdi To‘xtaboyevning tavalludiga bag’ishlab kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.