Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Zakovat bilimlar bellashuvi” mavzusida zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 19-dekabr kuni Qoraqalpog’iston pedagogika texnikumida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Zakovat bilimlar bellashuvi” mavzusida zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Zakovat o’yinida hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Qoraqalpog’iston pedagogika texnikumi yoshlar ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z.Matyakupova, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova va Qoraqalpog’iston pedagogika texnikumi yoshlar yetakchisi Y.Orazimbetovalar ishtirok etdi. O’yinni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi.

Zakovat intellektual o’yinida Qoraqalpog’iston pedagogika texnikumining kitobxonlaridan tarkib topgan “Everest” jamoasi, “Renesans” jamoasi, “Zukkolar” jamoasi, “Liderlar” jamoasi va “Turon” jamoalari o’z-aro bellashdilar. Hakamlar ha’yati a’zolarining natijalariga ko’ra, I-o’rinni “Everest” jamoasi, II-o’rinni “Liderlar” jamoasi va III-o’rinni “Zukkolar” jamoalari egalladilar.

G’oliblar diplom bilan taqdirlanishdi.