Joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganligining 34 yilligi hamda 14–yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi hamda tumanda joylashgan Harbiy qism bilan birgalikta «Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!» shiori ostida zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Zakovat o‘yinida tumandagi Harbiy bo‘limdan – «Qalqon» jamoasi, «Aydin jol» MFYning faol nuroniylaridan iborat – «Ibrat» jamoasi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan – «Renessans» jamoasi, Yoshlarni harbiy chaqiriqqacha tayyorlash o‘qituvchilaridan – «Temuriylar» jamoalari ishtirok etdi.
Zakovat savollari Axbort-kutubxona markazi xodimi D.Utemuratova tomonidan o‘qib eshtirildi. Hay’at a’zolari sifatida Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova, «Nuroniy» jamg’armasi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi N.Atiyazova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi T.Seyidova, tuman Harbiy qism komandirining o‘rinbosari kapitan B.Buxariev ishtirok etdi.
Hakamlar hay’ati a’zolari natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni «Renessans» jamoasi, 2-o‘rinni «Qalqon» jamoasi, 3-o‘rinni «Ibrat», 4-o‘rinni «Temuriylar» jamoasi egalladilar.
G’oliblar «Diplom» va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы