Joriy yilning 12-yanvar kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisida dam oluvchilarning vaqtdlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida ko‘chma kutubxona tashkillashtirildi.
Tadbir Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan ko‘chma kutubxona loyihasi doirasida o‘tkazildi. Ushbu loyiha orqali kitob va bilimni har bir insonning hayotiga yaqinlashtirish, ayniqsa, keksalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida tashkillashtirildi.
Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, o‘mr yo‘ldoshidir. Ayniqsa, hayot tajribasi boy, ko‘pni ko‘rgan keksalar uchun kitob – ularga ruhiy sokinlik bag’ishlaydi, xotirani mustahkamlaydi va hayotga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы