Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Huquqni bil – burchni unutma!” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 26-yanvar kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Huquqni bil – burchni unutma!” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Tadbirga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabning Chaqiriqga qadar boshlang’ich tayyorgarlik rahbari A.Qojabaev, maktabning Ona tili fani o‘qituvchisi U.Shukurillaeva, maktab kutubxonachisi R.Kenjebaeva va Chaqiriqga tayyorlash guruhi o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Bugungi tadbir jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratildi. “Huquqni bil – burchni unutma!” mavzusidagi ushbu tadbir har bir fuqaroning o‘z huquqlarini bilishi bilan birga, jamiyat va Vatan oldidagi burchlarini chuqur anglab etishiga xizmat qiladi.

Huquq – bu inson erkinligi va adolat poydevori. Burch esa ana shu erkinlikni ma’suliyat bilan qo‘llash mezonidir. Huquqini bilgan, burchini unutmagan shaxs jamiyatda faol, ongli va ma’suliyatli fuqaro bo‘lib shakllanadi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan asosiy inson huquqlari, yoshlarning huquq va majburiyatlari, qonunga hurmat ruhida yashash madaniyati haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, huquqiy adabiyotlar, qonunlar va hayotiy misollar orqali ishtirokchilarning huquqiy bilimlari mustahkamlanadi.

Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarni qonunga hurmat, adolat va ma’suliyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, huquqni bilgan va burchini unutmagan avlod – yurtimiz kelajagining mustahkam tayanchidir.