Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Jadidchilik – milliy uyg’onish harakati» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 26-yanvar kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.Abieva tomonidan «Jadidchilik – milliy uyg’onish harakati» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 8-sonli maktab o‘qituvchisi Z.Allamuratova, va maktab kutubxonachisi I.Adilbaeva va kitobxon yoshlar ishtirok itishdi.

Tadbirda Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati jamiyatni uyg‘otish, xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, eskicha fikrlashdan voz kechib, zamonaviy taraqqiyot yo‘liga o‘tishni maqsad qilgan milliy harakat ekanligi, “Jadid” so‘zi arabcha bo‘lib, “yangi” degan ma’noni anglatishi, O‘zbek jadidchiligining yetuk namoyondalari qatorida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon kabi buyuk ma’rifatparvarlar haqida ma’lumotlar aytib o‘tildi.