Joriy yilning 28-yanvar kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi J.Urazalieva tomonidan “Jadidlar qoldirgan ma’naviy meros” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga 5-sonli maktab kutubxonachisi A.Jangabaeva va kitobxonlar ishtirok etishdi. Suhbatni 5-sonli maktabning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Orazalieva ochib berdi.
Suhbatda J.Urazalieva O‘zbek jadidchiligining yetuk namoyondalari, buyuk ma’rifatparvarlarning hayoti va ijodlari haqida ma’lumotlar aytib o‘tdi. Kitobxonlar suhbat davomida jadidlar xalqni uyg‘otgan, ilmga chorlagan va milliy taraqqiyot poydevorini qo‘ygan fidoyi insonlar ekanligini yana bir marta anglab etishdi. Kitobxonlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы