Joriy yilning 3-fevral kuni Taxiatosh tumani Harbiy qismida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Buyuk ajdodlarimiz izidan” nomli ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov uch sharttan iborat bo‘lib, birinchi shart – Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ma’lumot berish, ikkinchi shart – Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylaridan aytish, uchinchi shart Zahiriddin Muhammad Bobur hayotidan sahnaviy ko‘rinish ko‘rsatish shartlaridan iborat bo‘ldi.
Uch shart asosida tashkil etilgan tanlov yakunida I-o‘rinni 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi, II-o‘rinni ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi, III-o‘rinni esa 6-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari egalladi.
G‘olib va faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы