Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “Eng faol kitobxonlar”ni rag‘batlantirish, ularni keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida “Eng faol kitobxonlar uchun fotogalereyasi” nomli maxsus fotogalereyalar tashkil etildi.
Bu orqali kitobxonlar orasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, ularni yangi asarlarni o‘qishga undash va yosh avlod uchun ijobiy namuna yaratishga erishilmoqda.
Fotogalereyalar kutubxonalarning alohida burchaklarida tashkil etilgan bo‘lib, tadbirlar, tanlovlar va viktorinalar doirasida faol qatnashgan kitobxonlar faxriy yorliqlar, kitob sovg‘alari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan lavhalar fotogalereyadan joy olgan.
Ushbu tashabbus kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, keng jamoatchilikni ma’naviyatga, ilm-fanga, o‘z ustida ishlashga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы