Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Аholi orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib qilish bo‘yicha targ’ibot ishlari olib borildi.

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan aholi orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni kitobga jalb qilish maqsadida  targ’ibot ishlari olib borildi.

Bunda kutubxona mutaxassislari tomonidan tuman aholisiga Axborot-kutubxona markazining shart-sharoitlari, kutubxona fondi, kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi, kutubxonaning elektron resurslari, veb sahifalari, ijtimoiy tarmoqlari aks ettirilgan bukletlar, kartochkalar tarqatildi va kutubxonaga tashrif buyurib, kutubxonadan foydalanishlari aytib o‘tildi.