Joriy yilning 13-fevral kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi J.Urazalieva tomonidan “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan” mavzusida kichik yoshtagi kitobxonlar bilan birgalikta davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-sonli maktab kutubxonachisi J.Dúysenbaeva va yosh kitobxonlar ishtrok etishdi. Suhbat davomida bolalar uchun J.Urazalieva tomonidan qiziqarli ertaklardan “Qizil qalpoqsha”, “Qurbaqa bilan maymun”, “Aql va boylik”, “Ochko‘z laylak”, “Ilon, Oltin bolta” kabi ertaklar avozli o‘qib berildi shuningdek, ertak qahramonlarining salbiy va ijobiy taraflari aytip berildi. Suhbat so‘ngida, kitobxonlar o‘zlarining sevimli ertaklari va ulardagi qiziqarli voqealar bilan o‘rtoqlashdi.
Suhbat qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы