Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Biz sevgan asar” mavzusida  savol-javob o‘yini tashkil etildi.

Joriy yilning 13-fevral  kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 8-sonli maktabda “Biz sevgan asar” mavzusida  savol-javob o‘yini tashkillashtirildi. Bunda, 8-sonli maktab kitobxonlari iborat “Lochinlar”, “Bilimlilar”, “Temuriylar”, “Tulporlar” va “Oq qushlar” jamoalar ishtirok etdi.

Hakamlar hay’ati a’zosi sifatida 8-sonli maktab kutubxonachisi I.Adilbaeva ishtirok etdi. Savollarni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi  mutaxassisi A.To‘reniyazova o‘qib eshittirdi. Savollar asosan, o‘zbek yozuvchilarining asarlaridan tuzilgan bo’lib G.G’ulom, A.Qodiriy, Cho‘lpon va boshqa yozuvchilarning asarlaridan iborat bo‘ldi.

Hakamlar hay’ati a’zolari natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni «Temuriylar» jamoasi, 2-o‘rinni «Lochinlar», 3-o‘rinni «Bilimlilar» jamoasi egalladilar.

G’olib jamoalar «Maqtov yorlig’i» bilan taqdirlandi.