Joriy yilning 17-fevral kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari J.Qadirbaeva tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan «Onalar va kitob nuri” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbat mehmoni – eng go‘zal va mazmunli, eng faol kitobxon onlardan biri — nafaqat oilada, balki mahallada ham kitob mutolaasini targ‘ib etib kelayotgan, farzandlariga ibrat bo‘layotgan, bo‘sh vaqtini kitob bilan mazmunli o‘tkazadigan onaxon Taxiatosh tumani 1-sonli Texnikumi Axborot-kutubxona markazi kutubxona mudiri Muhabbat Babajanova.
M.Babajanova – Kitob — insonni yaxshilikka chorlashini, dunyoqarashni kengaytirishini shuningdek, farzand kitobga mehrni avvalo onadan ko‘rishini, ona qo‘liga kitob olib o‘tirsa — bu eng go‘zal ibrat ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, M.Babajanova o‘z so‘zi davomida sevib o‘qigan asarlaridan parchalar aytib berdi.
Bugungi uchrashuvdan maqsad kitobxon onalarni e’zozlash, ularning tajribasini o‘rganish va targ‘ib qilish shuningdek, yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini uyg’otishga qaratildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы