Joriy yilning 13-fevral kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan “Jadidlar-milliy ma’rifat va taraqqiyot targ’ibotchilari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga Taxiatosh tumani 1-sonli texnikumining Axborot-kutubxona markazi rahbari M.Babajanova va texnikum kitobxonlari ishtirok etishdi. Suhbatni 1-sonli texnikumining Axborot-kutubxona markazi rahbari M.Babajanova ochib berdi va kitobxonlarga Jadidlar xalqni jaholatdan chiqarish, yangi usul maktablarini ochish, ilm-fan va zamonaviy ta’limni rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglashga da’vat etishi haqqida aytib o’tdi.
A.To‘reniyazova tomonidan quyidagi ma’rifatparvar ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berilib o‘tildi.
Ulardan: Mahmudxo‘ja Behbudiy – jadid maktablari asoschisi, dramaturg va publitsist, Abdulla Avloniy – ma’rifatparvar pedagog, “Turkiy guliston yoxud axloq” asari muallifi, Munavvarqori Abdurashidxonov – yangi usul maktablari tashkilotchisi, Abdurauf Fitrat – adib, olim va davlat arbobi, Cho‘lpon – milliy ruh va erkinlik kuychisi bo‘lgan shoir ekanligi va ularning ijodlaridan parchalar aytib o‘tildi.
Davra suhbati kitoblar ko‘rgazmasi va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari bilan yakunlandi. Tadbir yoshlarni ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga, ma’rifatli va faol bo‘lishga undadi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы