Joriy yilning 27-fevral kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Siyosiy-ma’rifat soati»ning navbatdagi 8-soni bo‘lib o‘tdi. Haftaning har juma kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘quv soatida Axborot-kutubxona markazi hodimlari ham faol ishtirok etdi.
«Siyosiy-ma’rifat soati»da siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar bo‘yicha videolavhalar namoyish etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы