Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan «Ayollarni e’zozlash» oyligi doirasida 16-fevraldan 26-fevralga qadar «taqiyatas_online_kitapxana» telegram guruhida «Onam qalbim quyoshi!» nomli chellenj o‘tkazildi. Chellenjda ishtirok etuvchi kitobxonlar orasidan chellenj shartlariga oid eng saralari saylanib, Axborot-kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilib borildi.
Chellenj g’oliblariga Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Diplom» va esdalik sovg’аlari topshirildi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы