Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Ertaklar yaxshilikka etaklar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 4-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi A.Abieva tomonidan Taxiatosh tumani 5-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida «Ertaklar yaxshilikka etaklar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bunda, Maktabgacha ta’lim tashkilotining katta guruh bolajonlari uchun Axborot-kutubxona markazining rang-barang bolalar adabiyotlari ko‘rgazma uchun olib borildi. So‘ngra, A.Abieva tomonidan «Aqilsiz bola» ertagi rasmlar yordamida ko‘rsatilib, undagi vaqealar aytilib o‘tildi. Undan so‘ng, Guruh tarbiyachisi D.Bayjanova bolalarga ko‘rgazmadagi kitoblarning rasmlaridan foydalanib ertaklar aytib berdi. Bolajonlar rang-barang kitoblarning rasmlarini tamosha qilib, o‘z-aro suhbatlashdi.