Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Nozik qalblar davrasi”  mavzusida bayram dasturi tashkillashtirildi.

2026-yil 15-fevral – 15-mart kunlari «Ayollarni e’zozlash» oyligini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ta’minlash va 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan joriy yilning 5-mart  kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limida “Nozik qalblar davrasi” mavzusida bayram dasturi tashkil etildi.

Kechaga, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining faol kitobxoni E.Eshnazarova, tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 9-sonli maktabning boshlang’ich sinf va Qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi N.Joldasbaeva, 9-sonli maktabning yuqori toifali rus tili fani o‘qituvchisi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni egasi B.Kojakova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi rahbari M.Djumamuratova, 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining “To‘lqin” ansambili qizlari, 1,3,9-sonli maktab kutubxonachilari va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehr-muhabbati, sabr-toqati va fidokorona mehnati haqida so‘z yuritildi. Bayram dasturida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va milliy raqslar namoyish etildi. Ayniqsa, kichik yoshdagi o‘quvchi qizlarning milliy liboslarda ijro etgan raqslari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi Tadbir davomida onalar, ustozlar va barcha xotin-qizlarga samimiy tilaklar bildirildi. Ayollarning jamiyatdagi o‘rni va qadri yana bir bor e’tirof etilib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi va kecha mehmolariga bayram munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi tomonidan sovg’alar topshirildi.

Bayram yakunida ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirilib, barchaga baxt-saodat, sihat-salomatlik va oilaviy totuvlik samimiy tilaklari aytilib o‘tildi.