Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Mehr ulashuvchi kutubxona” mavzusida ko’chma kutubxona tashkillashtirildi. 

Joriy yilning 6-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida ko‘chma kutubxona tashkillashtirildi.

Ko‘chma kutubxona — bu kitoblarni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida tashkil etiladigan kutubxona xizmatidir. Bunda kutubxona xodimlari turli mahallalar, xonadonlar, maktablar yoki tashkilotlarga borib, kitoblarni o‘quvchilarga yetkazib beradilar. Ko‘chma kutubxona aholiga qulaylik yaratib, ayniqsa kutubxonaga borish imkoniyati cheklangan kitobxonlarga kitob olish imkonini beradi. Bu esa jamiyatda ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ko‘chma kutubxonaning asosiy maqsadi aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va kitoblarni keng targ‘ib qilishdan iborat. Ushbu xizmat orqali badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlar kitobxonlarga tavsiya etiladi.

Bunda oldindan ro‘yhatdan o‘tgan kitobxonimiz Taxiatosh tumani Ashhabat lo‘chasi 15 uyda yashovchi Z.Djumamuratovaning xonadoniga  K.Sindarovning “Qimmatga tushgan hatolar” va  K.Sindarovning “Surgundagi sarguzashd” kitoblari uylariga olib borildi.