Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Siz borki, olam munavvar!” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 6-mart kuni  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Siz borki, olam munavvar!” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Ko‘rgazmada ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning hayoti, sabr-toqati, mehr-muhabbati va fidoyiligini aks ettiruvchi badiiy hamda ma’rifiy adabiyotlar va rasmli ko‘rgazmalar namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazma orqali kitobxonlarga ayollar sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘lash, ularning oiladagi va jamiyatdagi beqiyos o‘rni haqida kengroq ma’lumot berish maqsad qilindi. Ko‘rgazma kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.