Joriy yilning 17-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 21-mart Umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan “Qadriyatlar va a’nanalar bayrami – Navro‘z!” mavzusida kitoblar va rasmli ko‘rgazma tashkillashtirildi.
Ko’rgazmada kitob javonlari bayramona bezatilgan bo‘lib, unda Navro‘zga oid kitoblar, rasmlar va bezaklar joylashtirilgan. Navro‘zni aks ettiruvchi rasmlar bayram kayfiyatini yanada oshiradi. Shuningdek, sumalak tayyorlash, bahor sayillari va xalq o‘yinlari tasvirlangan suratlar orqali xalqimizning qadimiy an’analari ko‘rsatib berilgan. O‘ng tomonda esa milliy buyumlar – qadimiy idishlar, laganlar, choynaklar va hunarmandchilik namunalari joy olgan. Bu buyumlar milliy qadriyatlarning yorqin ifodasi hisoblanadi. “Milliy meroslar – ma’naviyatimiz tayanchi” degan yozuv esa ajdodlardan qolgan boy merosimizni asrab-avaylash muhimligini eslatadi. Ushbu ko‘rgazma Navro‘z bayramining mazmun-mohiyatini, ya’ni yangilanish, totuvlik va milliy birlik g‘oyalarini aks ettiradi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы