Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitoblar olamiga sayohat» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 18-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan Taxiatosh tumani Pedagogika Texnikumi binosida  «Kitoblar olamiga sayohat» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Ushbu ko‘rgazmada kutubxona fondiga yangi kelib tushgan turli yo‘nalishdagi kitoblar namoyish etilmoqda.

Kitobxonlar yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati va foydali jihatlari haqida ma’lumot olishmoqda. Bu esa kitobga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganidan dalolat beradi. Yangi adabiyotlar orasida badiiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar, tarixiy manbalar hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiyotlar mavjud. Ushbu kitoblar yoshlarimizning dunyoqarashini kengaytirish, bilimini boyitish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.