Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Mening sevimli ertagim” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 25-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona  markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi J.Urazalieva tomonidan “Mening sevimli ertagim” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Bunda, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining katta guruh bolajonlari uchun Axborot-kutubxona markazining yangi bolalar adabiyotlari tanishtirilib o‘tildi. J.Urazalieva bolajonlarga “Bo‘g’irsoq”, “Uloqcha va baliqcha”, “Qizil qalpoqcha” ertaklarini o‘qib eshittirdi va kitobdagi rasmlarini ko‘rsatib ertaklarning ma’nosini tushintirib berdi. Bolajonlar ham ota-onalaridan va tarbiyachi opalaridan eshitgan qiziqarli, sevimli ertaklarini aytib berishdi.

Guruh tarbiyachisi G.Genjemuratova ertak qahramonlarining salbiy va ijobiy tomonlariga tarif berib o‘tdi. Bolajonlar yangi bolalar adabiyotlaridagi ertak qahramonlarining rasmlarini tomosha qilishdi.