Joriy yilning 25-mart kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limida tumandagi Mahalla fuqoralar yig’inlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bunda tumandagi Mahalla fuqoralar yig’inining faol nuroniy va yoshlaridan tashkil topgan jamoalari ishtirok etishdi. Zakovat savollari Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan o‘qib eshittirildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi T.Seyidova va Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari D.Utemuratova va A.Vaysovalar tomonidan zakovat natijalari baholanib borildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы