Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz» loyihasi amalga oshirildi.

Joriy yilning 10-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz» loyihasi amalga oshirildi. Bunda, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida «Yo‘l-yo‘lakay» xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu xizmat orqali kitobxonlar o‘zlariga zarur bo‘lgan adabiyotlar bilan tanishadi va kutubxona haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.

«Yo‘l-yo‘lakay» xizmati zamonaviy va qulay xizmat turlaridan biri bo‘lib, ayniqsa band aholining kitob o‘qishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida ommabop va yangi adabiyotlar taqdim etildi, kitobxonlarga maslahat va tavsiyalar berildi.

Axborot-kutubxona markazi doimo kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratishga intilib, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qilmoqda. “Yo‘l-yo‘lakay” xizmati esa ana shunday tashabbuslarning yorqin namunalaridan biridir.