Joriy yilning 10-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi A.Abieva tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabda 9-aprel buyuk sarkarda Amir Temur tavvaludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirga 1-sonli maktab kutubxonachisi R.Qutlimuratova va maktabning kitobxon yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temurning hayoti, uning davlat boshqaruvidagi dono siyosati, harbiy iste’dodi hamda jahon tarixidagi o‘rni haqida slayd orqali batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, slayd taqdimoti orqali o‘quvchilar Amir Temurning yoshlik davri, Movarounnahrda markazlashgan davlat barpo etgani, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, “Temur tuzuklari” asari va undagi adolat, tartib-intizom, vatanparvarlik kabi g‘oyalar bilan tanishti.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы