Joriy yilning 13-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova barcha kitobsevarlarni ochilish marosimi bilan tabriklab, tadbirni ochib berdi. Undan so‘ng, Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari J.Qadirbaeva VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bir hafta maboynida davom etishi va “Kitobxonlik haftaligi”da bo‘lib o‘tadigan tadbirlar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tdi. Unga ko‘ra, har-xil tadbirlar, davra suhbatlari, kitoblar ko‘rgazmasi, «Zakovat» intellectual o‘yinlari va viktorinalar xafta davomida bo‘lib o‘tishi aytilib o‘tildi.
Ochilish marosimi yangi adabiyotlardan iborat rang-barang rasmli kitoblar ko‘rgazmalari, shoir va yozuvchilarning kutubxona va kitoblar xaqida yozilgan dono so‘zlari aks ettirilgan rasmlar bilan bezatilgan.
Tadbirda kitobxonlar tomonidan she’rlar va raqslar ijro etildi. Marosim so‘ngida, Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari so‘zga chiqib bayram bilan tabriklab, o‘z ijodidan parchalar o‘qib berishdi.
Tadbirga tashrif buyurgan barcha kitobxonlar Axborot-kutubxona markazining kitoblar ko‘rgazmalari bilan tanishib chiqdi.






2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы