Joriy yilning 13-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 9-sonli maktab kutubxonasida «Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Kitob – hayot yo‘llarida do‘stimiz va suyanchimiz» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga 9-sonli maktab kutubxonachisi F.Abillaeva va kitobxonlar ishtirok etishdi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova olib bordi. A.To‘reniyazova kitobxonlarga «Kitobxonlik haftaligi» doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning maqsadi bilan tanishtirib, kitob va uning foydali tomonlari haqida ma’lumotlar aytib o‘tdi.
Hayot yo‘llarida inson doimo to‘g‘ri qaror qabul qilishga muhtoj bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda kitoblar bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, yaxshi bilan yomonni ajratishni o‘rgatadi. Ayniqsa, badiiy asarlar orqali biz yaxshilik, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni o‘zimizga singdiramiz.
Bugungi kunda yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaaga jalb etish dolzarb masalalardan biridir. Chunki, kitob o‘qigan inson ma’naviy jihatdan boy, fikrlashi teran va kelajagi porloq bo‘ladi. Kitob – bu nafaqat bilim manbai, balki hayot yo‘limizda ishonchli hamroh, chin do‘st va mustahkam suyanchdir.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы