Joriy yilning 13-aprel kuni «Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Kitob bilan sayohat» mavzusida kutubxonaga sayohat tashkillashtirildi.
Sayohatga Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabning kutubxonachisi va yosh kitobxonlari tashrif buyurdi. Ushbu sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Kitobxonlar kutubxona xizmatlari, yangi adabiyotlar, badiiy va ilmiy kitoblar bilan tanishdilar. Shuningdek, ularga kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning ma’naviy kamolotdagi ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari Axborot-bibliografiya hizmati rahbari D.Utemuratova tomonidan G’uncha, Culxan va Amudaryo jurnallari tanishtirib o‘tildi.
Sayohat jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, sevimli kitoblarini tanlash imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday sayohatlar yosh avlodni bilimli, ma’naviyatli va kitobsevar insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы