Joriy yilning 14-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi J.Urazalieva tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 8-sonli maktabda “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob ma’naviy ozuqamiz” mavzusida ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirga 8-sonli maktabning kutubxonachisi I.Adilbaeva, ona tili fani o‘qituvchisi Z.Allamuratova va kitobxonlari ishtirok etishdi. Tanlovni 8-sonli maktabning ona tili fani o‘qituvchisi Z.Allamuratova ochib berdi. Mazkur tanlovga maktabning 10-sinf kitobxonlari ishtirok etdi. Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda ishtirokchilar bittadan kitob o‘qib berishlari va kitobning mazmunini so‘zlab berishi shart. Ikkinchi bosqich savol-javob sharti bo‘lib, unda ishtirokchilar savollarga javob berishishi shart.
Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad yosh kitobxonlarning savodxonligini va zakovatini oshirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va yangi adabyotlarni tanishtirishdan iborat.
Tanlov yakunida 10-sinf kitobxoni Aydana Xabibullaeva tanlov g’olibi bo‘ldi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы