Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Yurt va millat fidoyilari yoddan chiqmasin» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 15-aprel kuni «Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Yurt va millat fidoyilari yoddan chiqmasin» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga «Nuroniy» jamg’armasi Taxiatosh tumani bo‘limi boshlig’i A.Ersaidov va mutaxassisi N.Atiyazova, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasi boshlig’i M.Djumamuratova va mutaxassisi T.Seydova, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktab maslahatchisi D.Sultanova, nuroniy otaxonlar va onaxonlar, 2-sonli maktabning kitobxon yoshlari ishtirok etishdi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova olib bordi. Suhbatni «Nuroniy» jamg’armasi Taxiatosh tumani bo‘limi boshlig’i A.Ersaidov ochib berdi.

Tadbir yurtimiz tarixidagi eng og‘ir, eng qayg‘uli sahifalardan biri — qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlandi. Suhbatda «Xalqlar do‘stligi» MFY nuroniy otaxoni P.Tursinbaev so‘zga chiqib bu kun biz uchun nafaqat motam, balki chuqur o‘ylash, tarixdan saboq olish kunidir. XX asrning 30–50-yillarida minglab begunoh insonlar nohaq ayblanib, qatag‘on qilindi. Ular orasida yurtimizning eng ilg‘or ziyolilari, olimlar, yozuvchilar, davlat arboblari bor edi deydi o‘z so’zida. Bugun biz o‘sha qurbonlar xotirasini hurmat bilan yod etar ekanmiz, ularning hayoti va faoliyatidan saboq olishimiz zarur. Eng muhimi, bunday fojealar qayta takrorlanmasligi uchun tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashimiz kerak.