Joriy yilning 15-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Utemuratova tomonidan «Kitobsevar millat» shiori ostida VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Yoshlar va kitobxonlik» mavzusida zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Zakovat o‘yiniga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktabdan «Boburiylar» jamoasi, 3-sonli maktabdan «Navoiylar» jamosi, 4-sonli maktabdan «Zukkolar» jamoasi ishtirok etdi.
O‘yinni Respublika «Nuroniy» jamg’armasi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi N.Atiyazova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasi mutaxasisi T.Seyidova hamda Axborot – kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova baholab bordi.
O‘yin yakunida umumiy ball hisoblanib «Boburiylar» jamoasi g’olib deb topildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы