Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Inson huquqini ta’minlash bosh maqsadimiz” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 17-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 9-sonli maktabda “Inson huquqini ta’minlash bosh maqsadimiz” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Tadbirga maktabning chaqiriqga qadar boshlang’ich tayorgarlik raxbari  Sh.Hasanov va kitobxon o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Sh.Xasanov o‘z so‘zida – inson huquqlari – bu har bir insonga tug’ilishi bilan tegishli bo‘lgan, uning erkinligi va tengligini taminlovchi asosiy huquqi ekanligi, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinishi bilan mustahkamlanganligi, insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos qadir –qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish, erkinlik, adolat va yalpi tinichlik asosi ekanligini etiborga olinishi, huquqini bilgan, burchini unutmagan shaxs jamiyatda faol, ongli va mas’uliyatli fuqaro bo‘lib shakllanishi haqida aytib o’tdi.